Ma'muriy javobgarlik kodeksi

85¹-modda. Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik

(85¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 3 мартдаги ЎРҚ-1042-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.03.2025 й., 03/25/1042/0212-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 5 июнь)

O'lchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq bo'lgan qurilish maydonida, unga tutash bo'lgan hududda hamda undan chiqish yo'llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko'tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo'l qo'yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo'l qo'yish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.