Ma'muriy javobgarlik kodeksi

70²-modda. Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish

(70²-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 28 октябрдаги ЎРҚ-984-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.10.2024 й., 03/24/984/0860-сон)

Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar o'zanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, — ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo'lgan ashyoni yoki ma'muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.