Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari ma'muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga, fuqarolarni ongli, intizomli bo'lish, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo'naltirilgan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida esa Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham muvofiq qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta'min eta borib, o'z hududlarida barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining ma'muriy huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadilar, ichki ishlar organlari, bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar hamda ularga hisobdor ma'muriy huquqbuzarlik bilan kurash olib boruvchi boshqa organlar faoliyatiga rahbarlik qiladilar.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
7-modda. Ma'muriy huquqbuzarliklarning oldini olish
(7-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.