Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o'z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o'ziga og'dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti xizmatchisining o'z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o'ziga og'dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo'lishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo'lmagan shaxs tushuniladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
61¹-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og'dirib olish
(61¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.