Ma'muriy javobgarlik kodeksi

61-modda. Oz miqdorda talon-toroj qilish

(61-модда учинчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 мартдаги ЎРҚ-1121-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2026 й., 03/26/1121/0222-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 13 июнь)

Mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o'g'irlash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste'mol qilish yoki firibgarlik yo'li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o'zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo'li bilan elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni o'g'irlash tarzida sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish, shuningdek mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning ko'mir yoqilg'isini o'g'irlash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste'mol qilish yoki firibgarlik yo'li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi. Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi. Tijorat maqsadi deganda jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad tushuniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.