Ma'muriy javobgarlik kodeksi

54-modda. Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish

(54-модда иккинчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 апрелдаги ЎРҚ-688-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.04.2021 й., 03/21/688/0394-сон)

Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo'lish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o'tish va davolanish, karantinni o'tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo'lgan davrda muloqotda bo'lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish to'g'risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.