Ma'muriy javobgarlik kodeksi

50-modda. Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(50-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining davlat qo'shimcha kafolatlarni ta'minlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarining eng kam sonini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni bo'sh ish o'rinlari (vakant lavozimlar) mavjud bo'lgani holda asossiz ravishda rad etish, shuningdek ish o'rinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish o'rinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.