O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo'lgan bolani ota, ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilganligi haqidagi ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishda ko'pi bilan o'ttiz kunlik muddat belgilagan holda sud mazkur ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning zimmasiga bolani chet davlat hududidan O'zbekiston Respublikasiga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo'yicha choralar ko'rish majburiyatini yuklatadi. Otaning, onaning yoki ular o'rnini bosuvchi shaxsning yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga ko'ra mazkur muddat yana o'ttiz kunga uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
47⁶-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish
(47⁶-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 мартдаги ЎРҚ-823-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.03.2023 й., 03/23/823/0150-сон — 2023 йил 16 июндан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.