Ma'muriy javobgarlik kodeksi

46-modda. Fuqaroga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni oshkor etish

(46-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Tibbiy yoki tijorat sirlarini, yozishma va boshqa xabarlar, notarial harakatlar, bank operatsiyalari va jamg'armalar sirlarini, xuddi shuningdek fuqaroga, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ma'naviy yoxud moddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan boshqa ma'lumotlarni oshkor etish, basharti ushbu Kodeksning 46¹-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo'lmasa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.