Ma'muriy javobgarlik kodeksi

326-modda. Ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qarorni ijro etishga qaratish

(326-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qaror, basharti ushbu Kodeksda va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligida o'zgacha qoida belgilanmagan bo'lsa, chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim. Ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qaror ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda bu qaror berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest qanoatlantirishsiz qoldirilgandan keyin ijro etilishi kerak. Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida undirib olinadigan jarima solish to'g'risidagi qaror bundan mustasnodir. Jarima solish to'g'risidagi qaror uni ixtiyoriy ravishda bajarishning ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddati o'tib ketganidan keyin majburiy ravishda ijro etiladi. Ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qaror uni chiqargan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ijro etishga qaratiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.