Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etayotgan shaxslar (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning turgan joyi (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rishni talab qilayotgan sud hujjatini chiqargan sudning nomi; ishning raqami, sud hujjati chiqarilgan sana;
4) arizachining fikriga ko'ra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko'rib chiqish uchun asos bo'ladigan yangi ochilgan holat, hujjatlarga havola qilingan holda;
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Arizaga quyidagilar ilova qilingan bo'lishi kerak:
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko'chirma nusxalari;
2) arizachi qayta ko'rib chiqishni talab qilayotgan sud hujjatining ko'chirma nusxasi;
3) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324⁴⁴-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.