Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) shikoyat (protest) yuborilayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqei, uning yashash joyi yoki joylashgan yeri to'g'risidagi ma'lumotlar;
3) qaror chiqargan sudning nomi, qaror chiqarilgan sana, sud ishining raqami, ustidan shikoyat (protest) berilayotgan qaror qaysi shaxsga nisbatan chiqarilgan bo'lsa, o'sha shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar;
4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning fikriga ko'ra qarorning noto'g'riligi nimadan iborat ekanligi to'g'risidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;
5) shikoyat (protest) bergan shaxs o'z talablarini asoslayotgan dalillar, xususan, birinchi instantsiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar;
6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instantsiya sudiga taqdim etilmaganligining sababi;
7) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar ro'yxati;
8) shikoyat (protest) berilgan sana, shikoyat (protest) bergan shaxsning imzosi.
Agar apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu moddaning birinchi qismi talablariga javob bermasa va bu ishni keyinchalik mazmunan ko'rib chiqishga to'sqinlik qilsa, birinchi instantsiya sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) uni bergan shaxsga qaytarish to'g'risida uch kunlik muddatda ajrim chiqarib, apellyatsiya shikoyatini (protestini) yangidan tuzish uchun muddat belgilaydi.
Sudyaning apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrimining talablari bajarilmagan va apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324⁴-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuniga qo'yiladigan talablar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.