Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324³⁵-modda. Ishni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida ko'rib chiqish uchun tayyorlash

Ish O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi, taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bilan birga kelib tushganidan keyin O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha o'ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxsni, jabrlanuvchini, ularning qonuniy vakillarini, advokatni va ma'muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organni taftish tartibida shikoyat (protest) berilganligi haqida, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, ishni ko'rib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qiladi. Taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) nusxasi yoxud qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali uning elektron nusxasi bilan tanishish mumkinligi to'g'risida xabarnoma ushbu shaxslarga yuboriladi. Bunda taraflarga ularning taftish tartibida berilgan shikoyatga (protestga) doir o'z e'tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi e'tirozlarni taqdim etish muddati ko'rsatilgan holda tushuntiriladi. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan e'tirozlar ishga qo'shib qo'yiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilganidan keyin ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha o'ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organ, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, ish taftish tartibida ko'riladigan vaqt haqida ishni ko'rib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.