Birinchi instantsiya sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish natijalariga ko'ra, kassatsiya instantsiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) birinchi instantsiya sudi qarorini o'zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirish to'g'risida;
2) birinchi instantsiya sudining qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaxsning) qarorini bekor qilish va ishni ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida;
3) birinchi instantsiya sudi qarorini o'zgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish to'g'risida;
4) birinchi instantsiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to'g'risida;
5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to'g'risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o'zgartirish haqida;
6) kassatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan kassatsiya ish yuritishini tugatish to'g'risida.
Kassatsiya instantsiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o'qib eshittiriladi.
Kassatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324²⁰-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.