Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324¹⁴-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi va muddati

Kassatsiya shikoyati (protesti): 1) jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlarining qarorlari ustidan — Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga; 2) hududiy harbiy sudlarning qarorlari ustidan — O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyatlari (protestlari) qaror chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita kassatsiya instantsiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud ularni qaror chiqargan sudga ushbu Kodeksning 324¹-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi. Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instantsiya sudining qarori chiqarilgan kundan e'tiboran olti oy ichida berilishi mumkin. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat o'tkazib yuborilgan taqdirda, kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga asosan, agar uni o'tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, o'tkazilgan muddatni tiklashga haqli bo'lib, bu haqda ajrim chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.