Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324¹³-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha o'ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organ sud hujjatlari ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida ko'rilmagan bo'lsa, apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati o'tgach, kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o'rinbosarlari sud hujjatlari ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida ko'rilmagan bo'lsa, apellyatsiya tartibida protest keltirish muddati o'tgach, kassatsiya tartibida protest keltirishga haqli. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan shaxslar kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlarni tasdiqlovchi qo'shimcha materiallar taqdim etishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.