Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324¹-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan o'ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organ birinchi instantsiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga, prokuror esa protest keltirishga haqli. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxslar o'z vajlarini tasdiqlovchi qo'shimcha materiallar taqdim etishga haqli. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusxasi bir sutka ichida ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan o'ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaxsga, jabrlanuvchiga, ularning qonuniy vakillariga, advokatga, shuningdek ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organga yuboriladi. Ko'rsatilgan shaxslar ish bilan, shu jumladan qo'shimcha materiallar bilan tanishishga, shuningdek sudga o'z e'tirozlarini taqdim etishga haqli. Sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori ustidan shikoyat (protest) ish bilan birga uch sutka ichida apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborilishi lozim. Sudning ma'muriy qamoqqa olish yoki ma'muriy tartibda chiqarib yuborish to'g'risidagi qarori ustidan shikoyat (protest) apellyatsiya instantsiyasi sudiga shikoyat (protest) olingan kuni yuborilishi lozim. Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instantsiyasi sudining nomiga yo'llanadi, lekin ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qarorni chiqargan sudga beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Birinchi instantsiya sudining qarori ustidan shikoyat yoki protest berish tartibi. Shikoyat beruvchi shaxs o'z pozitsiyasini asoslash uchun qo'shimcha hujjatlar taqdim etishi mumkin. Shikoyat nusxasi boshqa tomonlarga bir sutka ichida yuboriladi. Kimga tegishli Sudning qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning vakillari, advokat va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organ, hamda prokuror. Amalda Agar siz ma'muriy huquqbuzarlik uchun jarima qoldirgan bo'lsangiz va sudning qarori bilan rozi bo'lmasangiz, shikoyat yozib apellyatsiya sudiga berishingiz mumkin. Shikoyatni birinchi sud orqali uch kun ichida yuborish kerak, va boshqa tomonlar ham uni ko'rib chiqish huquqiga ega.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.