Ma'muriy javobgarlik kodeksi

313⁹-modda. Iltimosnomaning sud tomonidan ko'rib chiqilishi

(ХХIII² боб Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 16 декабрдаги ЎРҚ-810-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2022 й., 03/22/810/1095-сон)

Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e'tiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko'rib chiqiladi. O'ziga nisbatan reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma ko'rib chiqilayotgan shaxs va ichki ishlar organining vakili sud majlisida ishtirok etishi shart. Sud majlisida advokat ishtirok etishi mumkin. Iltimosnomani ko'rib chiqish ichki ishlar organi vakilining muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligi va joylashtirish muddati asoslab beriladigan ma'ruzasi bilan boshlanadi. So'ngra o'ziga nisbatan iltimosnoma ko'rib chiqilayotgan shaxs, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo'lsa, advokat, sudga kelgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Qaror sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi. Iltimosnomani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud quyidagi qarorlardan birini chiqaradi: iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risida; iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqida. Iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risida yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qaror o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Qaror ijro etish uchun darhol ichki ishlar organi vakiliga, agar sud majlisida ishtirok etgan bo'lsa, advokatga va o'ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga topshiriladi. Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha chiqarilgan qaror ustidan ushbu qaror chiqarilgan kundan e'tiboran uch kun ichida o'ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, uning qonuniy vakili va advokat apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror esa apellyatsiya protesti keltirishi mumkin. Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) u kelib tushgan kundan e'tiboran uch kun ichida yakka tartibda ko'rib chiqib, uning natijalari bo'yicha quyidagi qarorlardan birini chiqaradi: qarorni o'zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish to'g'risida; muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi qarorni bekor qilish va shaxsni reabilitatsiya markazidan ozod qilish haqida; iltimosnomani qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi qarorni bekor qilish va muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risida.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.