Ma'muriy javobgarlik kodeksi

309¹-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo'l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda jarima solish to'g'risidagi qaror

(309¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 10 августдаги ЎРҚ-389-сонли Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 32-сон, 425-модда)

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo'l harakati qoidalari buzilganligi bo'yicha jarima solish to'g'risidagi qaror ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi. Jarima solish to'g'risidagi qaror maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo'llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega bo'lgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Jarima solish to'g'risidagi qarorning ko'chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo'llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qog'ozdagi hujjatga aylantirish yo'li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e'tiboran uch kun ichida buyurtma pochta jo'natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi. Jarima solish to'g'risidagi qarorda quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi; ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar; ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va holatlar ushbu Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, moddasining qismi ko'rsatilgan holda; maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan transport vositasining huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani to'lash tartibi va muddatlari, ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish to'g'risidagi qaror xususida shikoyat berishning protsessual tartibi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Avtomatlashtirilgan kameralar orqali yo'l qoidalari buzilgani aniqlanganida, shoferni ko'rmay-turib jarima qo'yish mumkin. Qaror elektron hujjat shaklida tuziladi va raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Buning uchun kamera surati yoki videosi dalil bo'ladi. **Kimga tegishli** Yo'l harakati qoidalarini buzgan har qanday shoferni bu tartib asosida jarima solish mumkin. **Amalda** Avtomatlashtirilgan kamera yo'lda tezlik chegarasini oshib ketgan mashinani suratga oldi. Politsiya bu suratga asoslanib, mashinaning egasiga jarima qarorini elektron pochta orqali yubordi. Shoferni yo'lda to'xtatishning hojati bo'lmadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.