Ma'muriy javobgarlik kodeksi

308-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish bayonnomasi

(308-модда биринчи қисмининг 6-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish paytida tegishli organ bayonnoma yuritadi. Unda: 1) sud ishining raqami, majlisning sanasi va joyi; 2) ishni ko'rib chiquvchi organning nomi va tarkibi; 3) ko'rilayotgan ishning mazmuni; 4) ishda qatnashuvchi shaxslarning hozir bo'lgan-bo'lmaganligi haqidagi ma'lumotlar; 5) ishni ko'rishda qatnashuvchi shaxslarning tushuntirishlari, ularning iltimoslari va bu iltimoslarni ko'rib chiqish natijalari; 6) ishni ko'rib chiqish chog'ida o'rganilgan ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlar; 7) qabul qilingan qarorni o'qib eshittirish to'g'risidagi ma'lumotlar va qaror ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari tushuntirilganligi ko'rsatilgan bo'ladi. Sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan taqdirda, sud majlisining bayonnomasiga faqat ushbu modda birinchi qismining 1 — 4, 6-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlarining, guvohlar ko'rsatuvlarining, ekspertlar o'z xulosalari yuzasidan bergan og'zaki tushuntirishlarining, muzokaralarning hamda prokuror fikrlarining boshlangan va tugagan vaqti ko'rsatiladi, shuningdek sud majlisini yozib olishning texnik vositalaridan foydalanilganligi to'g'risida belgi qo'yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo'shib qo'yiladi. Sud majlisi videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilgan taqdirda, sud majlisining bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumotlardan tashqari: sud majlisi videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilganligi to'g'risidagi; sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazishga ko'maklashayotgan sudning nomi haqidagi; ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazishga ko'maklashayotgan sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari to'g'risidagi; sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazishga ko'maklashayotgan sudning va ishni ko'rib chiqayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha xodimlari haqidagi ma'lumotlar ham ko'rsatilishi kerak. Ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning, jabrlanuvchining va o'zga manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishning mansabdor shaxs tomonidan ko'rib chiqilishi qanday borayotganligi ushbu moddaning birinchi qismi talablariga muvofiq ravishda yuritiluvchi bayonnomada aks ettiriladi. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish bayonnomasi tegishincha organ majlisidagi raislik qiluvchi va kotib tomonidan yoki ishni ko'rib chiquvchi mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. O'ziga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organ o'z hisobidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish to'g'risidagi bayonnomaning ko'chirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.