Ishni ko'rib chiqish shu ishni ko'ruvchi organning tarkibini e'lon qilish yoki mansabdor shaxsni tanishtirishdan boshlanadi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni sudda ko'rib chiqish chog'ida sudning tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko'ra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.
Ishni ko'rib chiquvchi organning majlisida raislik qiluvchi yoki ishni ko'rib chiquvchi mansabdor shaxs qanday ish ko'rib chiqilishi lozimligini, ma'muriy javobgarlikka kim tortilayotganligini e'lon qiladi, ishni ko'rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntiradi, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomani o'qib eshittiradi. Majlisda ishni ko'rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarning so'zlari eshitiladi, keltirilgan dalillar o'rganiladi va tushgan iltimoslar hal etiladi. Ishni ko'rib chiqishda prokuror qatnashgan taqdirda uning xulosasi o'qib eshittiriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
306-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish tartibi
(306-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-597-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 25.12.2019 й., 03/19/597/4193-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.