Ma'muriy javobgarlik kodeksi

297-modda. Advokat

(297-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-915-сонли Қонунига асосан учинчи ва тўртинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.02.2024 й., 03/24/915/0160-сон)

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishda shu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni ushlab turish paytidan boshlab advokat qatnashishi mumkin. Advokat ishga oid materiallar bilan tanishib chiqishga, uni taklif qilgan shaxsning topshirig'iga binoan va uning nomidan iltimoslar qilishga va ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko'ra, «Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta'minlash choralarini ko'rishi shart. Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e'tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to'rt soat vaqt berilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.