Ma'muriy javobgarlik kodeksi

281-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomaning mazmuni

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomada: shu bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; huquqbuzarning shaxsiga oid ma'lumotlar; ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati, ana shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; agar guvohlar va jabrlanuvchilar bo'lsa, ularning familiyalari va yashash manzillari; huquqbuzarning tushuntirishi; ishni hal qilish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi. Basharti huquqbuzarlik tufayli moddiy zarar yetkazilgan bo'lsa, bu ham bayonnomada ko'rsatiladi. Bayonnoma uni tuzgan shaxs va ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi; guvohlar va jabrlanuvchilar bo'lgan taqdirda esa — bayonnoma mazkur shaxslar tomonidan ham imzolanadi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda yozib qo'yiladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir. Bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga ushbu Kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi va bu xususda bayonnomaga yozib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.