Ma'muriy javobgarlik kodeksi

28-modda. Maxsus huquqdan mahrum qilish

(28-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)

Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qo'llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o'n besh kundan kam bo'lmasligi kerak, bundan ushbu Kodeksning 34¹-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo'llanilishi mumkin emas, ushbu Kodeks 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno. Asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo'lgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qo'llanilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Maxsus huquqdan mahrum qilish — bu shaxsni uning biror huquqidan vaqtincha olib tashlash. Masalan, avtomobil boshqarish yoki ov qilish huquqini olib olish. Buni sud qaror qiladi va muddati 15 kundan 3 yilgacha bo'ladi. Kimga tegishli Bu chorasi jinoyat ishlari bo'yicha tuman yoki shahar sudida qabul qilinadi. Amalda Agar odam yo'lda qoidabuzarlik qilsa va sud uni avtomobil boshqarish huquqidan 1 yilga mahrum qilsa, u bu vaqt davomida mashinani boshqara olmaydi. Ammo nogironligi sababli avtomobil ishlatadigan yoki ov bilan tirikchilik qiladigan odamga bu cora qo'llanilmaydi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.