O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 215¹ va 215⁶-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir.
O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli:
O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning o'rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravarigacha miqdorda;
O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning o'rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
268¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari
(268¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 январдаги ЎРҚ-666-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2021 й., 03/21/666/0032-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.