O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining beshinchi qismida (bundan qishloq xo'jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo'ljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasining birinchi qismida (bundan yer qa'ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno), 70¹-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 74-moddasining birinchi, uchinchi, to'rtinchi va beshinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 77¹-moddasida, 78-moddasida, 79-moddasining birinchi, ikkinchi, to'rtinchi va beshinchi qismlarida, 79¹, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta'sir ko'rsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 85¹, 86, 86¹, 86², 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta'sir ko'rsatish mustasno), 89¹-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 91³, 91⁴, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yog'och ko'priklardan 100 metrgacha bo'lgan masofada olov yoqqanlik, yog'och ko'priklar va taxta to'shamali ko'priklarda chekkanlik uchun ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar mustasno), 159-moddasining to'rtinchi qismida (ko'p kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini o'zboshimchalik bilan betonlashtirishga oid qismida), 161-moddasida, 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilik buzilganda muhrlar (plombalar) qo'yilgan hollar) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va jarima solish tariqasida ma'muriy jazo chorasini qo'llashga haqlidir:
O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining Davlat bosh ekologiya inspektori hamda uning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmalarining davlat bosh ekologiya inspektorlari hamda ularning o'rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravarigacha miqdorda;
O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmalarining davlat katta ekologiya inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravarigacha miqdorda;
O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmalarining, tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limlarining davlat ekologiya inspektorlari, davlat qo'riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonalarining, tabiat bog'larining, yuridik shaxs shaklidagi davlat buyurtma qo'riqxonalari va davlat tabiiy pitomniklarining, davlat biosfera rezervatlarining qo'riqlash xodimlari, davlat o'rmon xo'jaliklarining, davlat o'rmon-ov xo'jaliklarining, ixtisoslashtirilgan davlat o'rmon xo'jaliklarining, davlat o'rmon ishlab chiqarish korxonalarining davlat inspektorlari va milliy tabiat bog'larining xodimlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
261-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi organlari
(261-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 апрелдаги ЎРҚ-1128-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.04.2026 й., 03/26/1128/0349-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 14 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.