O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar (shu jumladan, sanitariya-gigiyena qoidalarini va atmosfera havosini muhofaza qilish normalarini buzganlik) to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan organlar nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va ma'muriy jazo chorasini qo'llashga haqli:
O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bosh sanitariya vrachi — markaziy sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasining boshlig'i va uning o'rinbosari;
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning o'rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshlig'i), Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot bo'limining bosh sanitariya vrachi va uning o'rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshlig'i), Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot bo'limlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning o'rinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari);
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy-tibbiy xizmat sanitariya-epidemiologiya stantsiyasi boshlig'i;
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bosh sanitariya vrachi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
258-modda. O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari
(258-модда иккинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 27 октябрдаги ЎРҚ-797-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.10.2022 й., 03/22/797/0967-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.