Ma'muriy javobgarlik kodeksi

252-modda. Suv transporti organlari

(252-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1075-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1075/0597-сон)

Suv transporti organlariga ushbu Kodeksning 53-moddasida, 56¹-moddasining birinchi qismida (suv transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste'mol qilganlik uchun), 121, 124, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (suv transportidagi huquqbuzarlik uchun), 118, 120-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. Port boshliqlari va ularning o'rinbosarlari, pristan va vokzallarning boshliqlari, port, pristan va vokzallarning navbatchi ma'murlari, port hududlari boshliqlari va shlyuz boshliqlari, kemalarning kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari, kema qatnovi inspektsiyalarining katta inspektorlari va inspektorlari, kema taftishchilari, port, pristan joylashgan yerdagi idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmasining yuqori mansabdor shaxsi (birlashgan otryad boshlig'i, otryad boshlig'i, komandir, yong'indan saqlash yo'riqchisi) suv transporti organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va ma'muriy jazo qo'llanishga haqlidirlar.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Suv transporti organlariga tegishli ma'muriy huquqbuzarliklar** Nimani anglatadi Suv transportida (kemalar, portlar, pristanlar) sodir bo'lgan qonun buzilishlarni tekshirish va jazolash suv transporti organlarining vazifasi. Ular tamaki iste'mol, xavfsizlik qoidalarini buzish va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlab, ma'muriy jazo qo'llaydilar. Kimga tegishli Port boshliqlari, kema kapitanlari, inspektorlari, shlyuz boshliqlari va qo'riqlash bo'linmasining yuqori mansabdor shaxslari bu ishlarni ko'rib chiqish huquqiga ega. Amalda Kema kapitani yolg'on signalga javob bergan yo'lovchini topdi. U ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqdi va qoidabuzarni jarima qildi. Bu suv transporti organining vakolatiga kiradi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.