Ma'muriy javobgarlik kodeksi

245¹¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi ob'yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi organlari

(245¹¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 июлдаги ЎРҚ-936-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.07.2024 й., 03/24/936/0522-сон)

O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi ob'yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi organlariga ushbu Kodeks 74-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75, 76-moddalarida (sun'iy suv ob'yektlaridan va qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismi) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi ob'yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va ma'muriy jazolarni qo'llashga Inspektsiya boshlig'i va uning o'rinbosarlari, Inspektsiyaning bo'lim boshliqlari, Inspektsiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning bo'lim boshliqlari haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.