Ma'muriy javobgarlik kodeksi

241¹-modda. Xususiy mulk huquqini buzish

(241¹-модданинг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 6 мартдаги ЎРҚ-1120-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.03.2026 й., 03/26/1120/0215-сон)

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo'li bilan ularga zarar yetkazish, ya'ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo'lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, mulkdorning mulkini olib qo'yish yoxud uni o'z mol-mulkiga bo'lgan huquqidan voz kechishga majburlash, shuningdek tovarlar va moliyaviy mablag'larning erkin harakatlanishiga va (yoki) realizatsiya qilinishiga qonunga xilof ravishda aralashish yoxud to'sqinlik qilish (bundan ushbu Kodeks 178-moddasining to'qqizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), oz miqdordagi talon-toroj alomatlari mavjud bo'lmagan taqdirda, — bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.