Homiylik xayriyalarini yig'ish tartibini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xayriya qutisini o'rnatish va undan foydalanish tartibini buzish, —
fuqarolarga huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Homiylik tashkiloti tomonidan o'z ta'minoti (shu jumladan faoliyati bilan bog'liq barcha xarajatlari) uchun moliya yilida sarflaydigan moliyaviy mablag'larning qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirib yuborilishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
239²-modda. Homiylik to'g'risidagi qonunchilik talablarini buzish
(239²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 21 августдаги ЎРҚ-1083-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.08.2025 й., 03/25/1083/0769-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 23 ноябрь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.