Ma'muriy javobgarlik kodeksi

230-modda. Fuqarolik holati aktlari to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(230-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Fuqarolik holati aktlarini yozish organlariga atayin yolg'on ma'lumotlar berish yoki tegishli organlarga qonunchilikda nazarda tutilgan fuqarolik holati aktlari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etmaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug'ilganligini qayd etishni ta'minlashga doir choralarni vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa ma'muriyati tomonidan ko'rmaganlik, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan tug'ilishni va o'limni o'z vaqtida qayd etishni ta'minlash choralarini ko'rmaganlik, xuddi shuningdek tug'ilganlik to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnomani yoxud o'lim haqidagi, shu jumladan perinatal o'lim to'g'risidagi tibbiy guvohnomani noto'g'ri va (yoki) noaniq to'ldirganlik, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.