Bo'sh ish o'rinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, bo'sh ish o'rinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim bo'shatib olinishi kutilayotganligi to'g'risidagi axborotni o'z vaqtida taqdim etmaslik, Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish davlat jamg'armasiga ajratmalarni to'lashdan bo'yin tovlash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
229-modda. Bo'sh ish o'rinlarini yashirish
(229-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.