Iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qo'llaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qo'llanishning belgilangan tartibini buzgan holda O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o'tish, O'zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, —
tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
227¹⁹-modda. O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o'tishda iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlarni qo'llanish tartibiga rioya qilmaslik
(227¹⁹-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 31 октябрдаги ЎРҚ-577-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.11.2019 й., 03/19/577/3975-сон — 2020 йил 2 февралдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.