Pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish qurolini, o'zini o'zi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kollektsiyalash, ko'rgazmaga qo'yish, ulardan foydalanish, O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o'tish —
qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
Pnevmatik, signal beruvchi, tig'li sovuq, uloqtirish qurolini, o'zini o'zi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli litsenziyalarisiz ishlab chiqarish, ta'mirlash, realizatsiya qilish —
qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u pnevmatik, signal beruvchi, tig'li sovuq, uloqtirish qurolini va o'zini o'zi himoya qilish qurolini o'z ixtiyori bilan topshirsa, ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn220¹-modda. Qurolning qonunga xilof muomalasi
(220¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 августдаги ЎРҚ-946-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.08.2024 й., 03/24/946/0656-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Qurol — pnevmatik, signal beruvchi, tig'li sovuq, uloqtirish va o'zini o'zi himoya qilish qurolini ruxsatsiz sotish, saqlash, olib yurish, ichki ishlar organiga litsenziyasiz ishlab chiqarish yoki ta'mirlash. Bu qurollarni qonunga xilof qilib foydalanish yoki O'zbekiston chegarasiga olib kirish-chiqarish ham taqiqlanadi.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha fuqarolar va mansabdor shaxslarga (dasturchilarga) tegishli.
Amalda
Agar kishi ruxsatsiz pnevmatik pistol sotsa yoki ta'mirlasa, fuqaro 50 000 so'mgacha jarima yoki 15 kunlik qamoq oladi. Mansabdor shaxs bo'lsa, jarima 100 000 so'mgacha yoki 15 kunlik qamoq. Lekin agar u qurolni o'z ixtiyori bilan ichki ishlar organiga topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.