Ma'muriy javobgarlik kodeksi

211-modda. Yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish

(211-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 20 апрелдаги ЎРҚ-1136-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2026 й., 03/26/1136/0393-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 22 июль)

Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog'ida yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong'inga qarshi inventarlar, uskunalar, yong'inni aniqlash va o'chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yong'in chiqishiga olib kelgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog'lig'iga zarar yetishi yoxud o'zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo'q qilinishi bilan bog'liq bo'lmagan tarzda yong'in sodir bo'lganda mazkur shaxs yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.