O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) huquqbuzarliklarni to'xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ko'rsatilgan muddatda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida (huquqni muhofaza qiluvchi organlarda) hozir bo'lish to'g'risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to'xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo'ysunmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n ikki baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
194¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik
(194¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 31 июлдаги ЎРҚ-1078-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.08.2025 й., 03/25/1078/0682-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.