Ma'muriy javobgarlik kodeksi

192¹-modda. To'ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o'tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik

(192¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 17 мартдаги ЎРҚ-612-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 18.03.2020 й., 03/20/612/0326-сон — 2020 йил 19 июндан кучга киради)

To'ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o'tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o'tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. To'yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to'ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni o'tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.