Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog'larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko'chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo'llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros ob'yektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so'rab, tilanchilik bilan shug'ullanish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy holati buzilgan, nogironligi bo'lgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar bo'lmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi moddalarni majburan iste'mol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn188³-modda. Tilanchilik qilish
(188³-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Tilanchilik qilish — bu odamlardan pul, ovqat yoki boshqa narsalarni so'rab berishdir. Qonun bu ishni xususan ko'p odamlar yig'ilgan joylarda — bazarlarda, vokzallarda, ko'chalarda, avtobusda va boshqalarda qiladiganlarni jazolashtiradi. Agar bolalar, keksa odamlar yoki nogironlarni tilanchilikka majbur qilsa, yoki ularga zarali moddalar iste'mol qildirsa, jazo yanada qattiqroq bo'ladi.
**Kimga tegishli**
Bu qonun tilanchilik qiluvchi va boshqalarni tilanchilikka majbur qiluvchi barcha odamlarga tegishli.
**Amalda**
Agar kimdir metro bekasida yoki bazarda pul so'rab yursa, politsiya uni ushlab, jarima soladi yoki 15 kunga qamoqqa oladi. Agar u bolalarni tilanchilikka majbur qilsa, jarima ikki-uch baravar ko'p bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.