Ma'muriy javobgarlik kodeksi

179²-modda. Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(179²-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma'lumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid ma'lumotlar bilan bog'liq o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki noto'g'ri ma'lumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamg'arib boriladigan pensiya badallari to'g'risidagi ma'lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to'rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Jamg'arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati to'g'risida fuqarolarni xabardor qilish, jamg'arib boriladigan pensiya to'lovlarini tayinlash va berish tartibini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'lardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Bu modda ish beruvchilar va bank xodimlari jamg'arib pensiya tizimida qonun buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydi. Masalan, fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlarini noto'g'ri taqdim etish, pensiya hisobvaraqlarini to'g'ri yuritmaslik yoki pensiya pullarini boshqa maqsadda ishlatish kabi xatolar. **Kimga tegishli** Bu qonun ish beruvchi tashkilotlar va Xalq banki filiallarining mansabdor shaxslariga (rahbarlar, buxgalterlar) tegishli. **Amalda** Agar buxgalter fuqaroning pensiya hisobvaraqasiga noto'g'ri ma'lumot kiritsa yoki pensiya puli boshqa ishga sarflasa, unga bazaviy hisoblash miqdorining 2-7 baravarigacha jarima solish mumkin. Jarima miqdori qaysi qonun buzilganiga qarab farq qiladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.