Foyda (daromad) yoki boshqa soliq solish ob'yektlarining hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda yuritish, agar bu harakatlar to'lanishi lozim bo'lgan soliqlarning yoki yig'imlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek soliqlarni va yig'imlarni hisoblab chiqarish hamda to'lash uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari bo'yicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Soliq hisobotini o'z vaqtida taqdim etmaslik (bundan mikrofirma va kichik korxonalar mustasno), —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan soliq hisobotini o'z vaqtida taqdim etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini va to'lov intizomini buzish, shu jumladan qarzdor korxonalardan to'lovlarni undirish yuzasidan soliq organlarining inkasso topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek pul mablag'larini hisobdan chiqarish navbatini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Soliq organlarida hisobga qo'yilganligi to'g'risidagi ma'lumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob hisobvaraqlarini yoki boshqa hisobvaraqlarni ochish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Soliqlar va yig'imlarni to'lash uchun to'lov topshiriqnomasini xizmat ko'rsatayotgan bankka soliq to'lovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o'lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta'minlash va soliq organlariga tegishli axborot berish bo'yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan huquqbuzarliklar bir kalendar oyda bir nechta soliq turlari bo'yicha sodir etilgan taqdirda, o'z vaqtida taqdim etilmagan barcha soliq hisobotlari bo'yicha faqat bitta jarima qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
175-modda. Soliq solish ob'yektlarining hisobini va hisobotini yuritishning belgilangan tartibini, shuningdek to'lov intizomini buzish
(175-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.