Naf keltirmasligi ayon bo'lgan bitimni tuzish, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib bo'lingan, ma'naviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni o'rnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ancha miqdorda zarar yetkazgan bo'lsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab bo'lgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn171¹-modda. O'zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzish
(171¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
O'zbekiston Respublikasiga zarar yetkazadigan noto'g'ri bitim tuzish. Bu shunday shartnomalarni anglatadi: eski, ishlatilgan yoki zamonaviy bo'lmagan asbob-uskunalarni olib kirish; yoki shuning uchun soxta ekspert xulosasi berish. Bunday bitimlar davlatning puli va manfaatlarini yo'qotadi.
Kimga tegishli
Davlat organlari, tashkilotlar va ularning rahbarlari bu qonun bo'yicha javobgardir.
Amalda
Bir davlat muassasasi eski kompyuterlarni qimmat narxda sotib oldi, garchi ular ishlamay qolgan edi. Ekspert shuning uchun yolg'on xulosasi yozdi. Bu qonun bo'yicha jarima solish mumkin — oylik hisoblash miqdorining 75 dan 100 baravarisi oralig'ida.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.