Ushbu Kodeks 70-moddasining birinchi qismida, 70¹, 72, 77-moddalarida, 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 81, 82, 83-moddalarida, 84-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 88-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 92-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs yoki transport vositasining mulkdori yoxud mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsga tegishli bo'lgan transport vositasidan foydalanib sodir etilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun mas'ul bo'lgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.
Agar ma'muriy javobgarlikka tortish to'g'risidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni ko'rib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g'ayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori o'ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Tadbirkorlik sub'yektlari va aholi tomonidan yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari aks ettirilgan fotosuratlar va videoyozuvlarga tenglashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
17⁴-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma'muriy javobgarligi
(17⁴-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.