Ma'muriy javobgarlik kodeksi

165¹-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o'tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o'tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek dori vositalarini retsept bo'yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish

(165¹-модда иккинчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)

Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o'tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o'tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, — mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo'lmagan dori vositalarini retsept bo'yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo'lgan dori vositalarini retsept bo'yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi qismi tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo'lgan dori vositalari bilan bog'liq harakatlarni amalga oshirishda qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.