Savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini ko'p miqdordagi qiymatda buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — sakson baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Yonilg'i-moylash materiallari bilan, qo'lda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qo'lda savdo qilish —
sotilayotgan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Yonilg'i-moylash materiallari sotish qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Energetik ichimliklarni o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarga realizatsiya qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Tovarlar va ko'rsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablag'lari bilan yoki plastik kartochkalar bo'yicha hisob-kitoblar shakliga qarab, ularning narxlarini sun'iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ancha miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo'lgan doiradagi, ko'p miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo'lgan doiradagi miqdor tushuniladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
164-modda. Savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish
(164-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 мартдаги ЎРҚ-758-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2022 й., 03/22/758/0207-сон — 2022 йил 13 июндан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.