Ma'muriy javobgarlik kodeksi

155⁵-modda. Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish

(156-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1075-сонли Қонунига асосан ўз кучини йўқотган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1075/0597-сон)

Mayning faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, — mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o'ziga nisbatan ma'muriy qamoq qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug'ullanish, — kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdorda sodir etish, — mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, o'n sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o'ziga nisbatan ma'muriy qamoq qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ko'p miqdorda sodir etish, — mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o'ziga nisbatan ma'muriy qamoq qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.