Mobil qurilmaning xalqaro o'ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz o'zgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish, —
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz o'zgartirish yoki uning nusxasini yaratish, —
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
155³-modda. Mobil qurilmaning xalqaro o'ziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda o'zgartirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.