Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o'rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o'rnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravargacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni tayyorlash, olish, sotish yoki o'zgaga doimiy yoxud vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini buzish —
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn152-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish
(152-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Radioelektron vositalar (mobil telefonlar, Wi-Fi qurilmalar va boshqalar) yoki yuqori chastotali qurilmalarni noto'g'ri ishlatish, sotish yoki berish qoidalarini buzish. Bu qoidalarga rioya etmaslik, masalan, ruxsatsiz qurilma ishlatish yoki texnik talablarni bajarmaslik kiritiladi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida oddiy fuqarolarga va davlat muassasalarida ishlayotgan mansabdor shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Agar kimdir ruxsatsiz mobil aloqa stansiyasini o'rnatsa yoki noto'g'ri chastotada qurilma ishlatsa, unga jarima solish mumkin. Takror buzish holida jarima miqdori oshadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.