Ma'muriy javobgarlik kodeksi

149-modda. Yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning avtomobil yo'llarini va yo'l inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzishi

(149-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Avtomobil yo'llariga ajratilgan mintaqaga tutash joylardagi yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning umum foydalanishdagi yo'llardagi aholi punktlari doirasida, o'zlariga biriktirib qo'yilgan yer maydoni chegarasida piyodalar yuradigan yo'lkalar va ular o'tadigan ko'prikchalar qurish, ularni ta'mirlash va muntazam orastalab turish majburiyatlarini, shuningdek o'zlariga biriktirilgan yer maydonidan chiqish yo'llarini yoki umum foydalanishdagi avtomobil yo'llariga kelib tutashadigan yo'llarni, shu jumladan kesib o'tiladigan ko'priklarni texnik jihatdan soz holda va ozoda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.