Yo'llarga, temir yo'ldan o'tish joylariga, yo'l harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yo'l harakatiga qasddan, shu jumladan yo'l qoplamasini ifloslantirish yo'li bilan xalal berish, xuddi shuningdek avtomobil yo'llarini o'zboshimchalik bilan qazish, ularda sun'iy notekisliklar va to'siqlar yaratish, shu jumladan yo'l harakati ishtirokchilarining harakatiga to'sqinlik qiluvchi noqonuniy to'siqlarni va boshqa qurilmalarni o'rnatish, avtomobil yo'lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yo'llarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yo'l infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yo'llarni saqlash qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Yo'l belgilarini o'rnatish, yo'llarni, temir yo'ldan kesib o'tish joylari va boshqa yo'l inshootlarini harakat uchun xavfsiz holda saqlash qoidalarini buzish yoki ta'mirlash ishlari olib boriladigan yo'l qismiga vaqtincha yo'l belgilari, signallar va svetoforlar, to'suvchi va yo'naltiruvchi moslamalar o'rnatmaslik, shuningdek qatnov qismiga vaqtincha yotiq chiziqlar chizmaslik yoxud yo'lning ayrim qismlaridan foydalanish harakat xavfsizligiga tahdid etadigan paytda ularda harakatni o'z vaqtida taqiqlash yoki cheklash choralarini ko'rmaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
147-modda. Yo'llarga, yo'l inshootlariga, yo'l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yo'l harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik
(147-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 апрелдаги ЎРҚ-1055-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.04.2025 й., 03/25/1055/0330-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.